UUFQ

Jarayon

Konsultatsiyadan jo'nashgacha — o'rtacha 6 oy

Har bir bosqichda nima qilinishini va qancha vaqt ketishini oldindan bilib oling.

01

1-hafta

Bepul konsultatsiya

Maqsad, byudjet, GPA va til darajangizni tahlil qilamiz. Shu asosda real imkoniyatlar ro'yxatini tuzamiz.

  • Anketa va hujjatlarni ko'rib chiqish
  • 20 daqiqalik onlayn suhbat
  • Dastlabki yo'nalishlar ro'yxati
02

2–3-hafta

Universitet va grant tanlash

3–5 ta universitet va mos grant dasturlarini birga belgilaymiz, har biri uchun muddatlar jadvalini tuzamiz.

  • Universitetlarni solishtirish jadvali
  • Grant dasturi bo'yicha qaror
  • Ariza muddatlari kalendari
03

4–8-hafta

Hujjatlar va til tayyorlovi

Motivatsion xat, CV, tavsiyanomalar tayyorlanadi. Zarur bo'lsa IELTS/SAT tayyorlov darslari boshlanadi.

  • Motivatsion xat (3+ tahrir)
  • Diplom va baholarni notarial tarjima
  • Til sertifikati uchun mashg'ulotlar
04

9–14-hafta

Ariza topshirish va suhbat

Barcha hujjatlar universitet portaliga yuklanadi. Qabul komissiyasi yoki grant suhbatiga tayyorlanamiz.

  • Onlayn ariza topshirish
  • 2 marta mock-interview
  • Qo'shimcha hujjat so'rovlariga javob
05

15–24-hafta

Viza va jo'nash

Qabul xati kelgach, viza hujjatlari tayyorlanadi, aviachipta va birinchi oyning joylashish masalalari hal qilinadi.

  • Viza ariza va suhbatga tayyorlash
  • Aviachipta va sug'urta
  • Yotoqxona/uy-joy bron qilish

Jarayonni bugundan boshlaylik

Grant muddatlari yaqinlashmoqda — birinchi qadam bepul.

Ma'lumotlaringiz faqat UFQ mutaxassislari bilan bog'lanish uchun ishlatiladi.